Apple buklanadigan smartfonlarni ishlab chiqaradi — The Information

eʼlon qilindi
2026-yilga kelib
Foto: bloodua / www.depositphotos.com

Texnologiya giganti Apple oʻzining mashhur iPhone smartfonining buklanadigan versiyasi ustida ish olib bormoqda. Bu haqda The Information nashri xabar berdi.

OAV tomonidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Apple boʻlajak smartfon uchun butlovchi qismlarni sotib olish uchun bir qator yetkazib beruvchilarga murojaat qilgan. Qurilma 2026-yilda bozorga chiqishi rejalashtirilmoqda.

Appleʼning yangi smartfoni standart yigʻiladigan boʻlishi kutilmoqda. Uning dizayni Samsung Galaxy Z Flipʼni eslatadi.

Birinchi marta Apple tomonidan buklanadigan smartfonning ishlab chiqarilishi haqidagi maʼlumotlar bir necha yil avval paydo boʻlgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Apple iPhone smartfonlarida ChatGPTʼni joriy qilishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek