Dekabr oyiga qadar O‘zbekistonda chiptalarni xarid qilish uchun yagona platforma ishga tushadi

eʼlon qilindi
Prezident farmoniga binoan
Rasm: vadimphoto1@gmail.com/Depositphotos

Prezident farmoniga binoan, 2024-yilning 1-dekabriga qadar O‘zbekistonda barcha transport turlariga chipta sotib olish mumkin bo‘lgan onlayn platforma ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Hujjat «Oʻzbekiston Respublikasida turizm infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini yanada oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida» deb nomlanadi.

«2024-yil 1-dekabrgacha yurtimizdagi barcha avia, temir yoʻl va avtobus qatnovlari haqida maʼlumot va chipta olish imkonini beradigan yagona onlayn platforma ishga tushiriladi»— deyiladi O‘zbekiston Adliya vazirligi xabarida.

Hujjatga ko‘ra, mamlakat Transport vazirligi bayram kunlarida respublika shaharlari o‘rtasida qo‘shimcha havo, temir yo‘l va avtobus qatnovlarini ham yo‘lga qo‘yishi kerak.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda sayyohlik yarmarkalarini tashkil etish uchun bir mlrd so‘m ajratilishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek