Fransiya politsiyasi Olimpiada oʻyinlari oldidan toʻrtta teraktning oldini oldi

eʼlon qilindi
Bu haqda Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin ma’lum qildi
Pixinooo / depositphotos.com

Fransiya politsiyasi Olimpiada oʻyinlari vaqtida sodir boʻlishi mumkin boʻlgan toʻrtta teraktning oldini oldi. Bu haqda «TASS» Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmaninning soʻzlariga tayanib xabar bermoqda.

«Biz hali ham bu ish ustida ishlayapmiz. Hozircha tafsilotlar yoʻq, lekin bu Olimpiya oʻyinlariga qarshi zoʻravonlik harakatlarini rejalashtirish bilan bogʻliq deb hisoblaymiz. Bu toʻrtinchi holat», Jerald Darmanin.

Jerald Darmaninning qoʻshimcha qilishicha, bungacha maxsus xizmatlar aynan Olimpiadaga qarshi qaratilgan ikkita teraktning oldini olgan. Rejalashtirilgan yana ikkita hujum, jumladan, terroristik guruh a’zosi boʻlishi mumkin boʻlgan Jirondadan boʻlgan gumonlanuvchiga nisbatan tergov olib borilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» futbol boʻyicha Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi «Parij – 2024» doirasida Ispaniyaga qarshi toʻp surishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek