Futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi to‘p suradi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                                                        
                            ( yangilandi)
                            
                                                            
                                    
                
                
                                    
                        Uchrashuv soat 18:00 boshlanadi 
                    
                            
Bugun, 24-iyul kuni Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi.
Futbol bayrami Parij shahrining «Park de Prens» stadionida soat 18:00 start oladi.
Milliy terma jamoa «C» guruhidan joy olgan. Guruhda yana Ispaniyadan tashqari Misr va Dominikan Respublikasi bor.
27-iyul kuni vakillarimiz 2-turda Misr bilan bahs olib borishadi. 30-iyul kuni esa so‘nggi guruh bosqichida Dominikan Respublikasi bilan kuch sinashadi.
Avvalroq «Kursiv» oʻzbekistonlik 12 nafar hakam Parij Olimpiadasida ish olib borishini e’lon qilgan edi.
