Shavkat Mirziyoyevga tavallud ayyomi munosabati bilan davlat rahbarlaridan tabriklar kelmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar va parlamentlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Turkmaniston milliy yetakchisi Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻliq va farovonlik tiladi.

Muloqotda ikki davlat o‘rtasidagi ko‘p qirrali, do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham davlat rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘liq va oilaviy baxt-saodat, birodar O‘zbekiston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putindan ham tabriklar keldi.

Eslatib oʻtamiz, bugun, 24-iyul kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 67 yoshni qarshi oldi. Davlat rahbari 1957-yilda Jizzax viloyatining Zomin tumanida shifokor oilasida tugʻilgan. 1981-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyalash muhandislari institutining muhandis-mexanik mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Avvalroq «Kursiv» Shavkat Mirziyoyev va Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov bilan Xivaga borgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek