Italiyada Saneg avtomobil moylarini ishlab chiqarish va sotish yo‘lga qo‘yildi
Saneg Oil Italiya kompaniyasi 10 xil motor moylarini ishlab chiqarish va sotish boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda «Kursiv»ga «Saneg» kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ular orasida «General Motors» tomonidan tasdiqlangan retseptura asosida yaratilgan Saneg Premium Dex 0W-20 va 5W-30 sintetik motor moylari ham bor. Avtomobil moylari BMW, Mercedes-Benz, Volkswagen, Fiat, Ford va Porsche kabi avtomobil ishlab chiqaruvchilarning talablariga javob beradi.
«Endi biz yevropalik iste’molchilarga eng zamonaviy avtomobillar uchun mo‘ljallangan mahsulotlarni taklif qilishimiz mumkin va tez orada O‘zbekiston avtomobilchilari ham ularni xarid qilishlari uchun imkoniyat yaratiladi«, deb ta’kidladi Saneg bosh direktori To‘lqin Yusupov.
Sentabr oyidan boshlab Saneg motor va transmissiya moylari O‘zbekistonda sotuvga chiqariladi.
Avvalroq «Kursiv» Saneg Slovakiya kompaniyasi bilan O‘zbekistonda yuk vagonlarini ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi haqida e’lon qilgan edi.