Yangiliklar

Kibersport bo‘yicha Olimpiada o‘yinlari o‘tkaziladi

Turnir Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi
Rasm: Match tv

Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi (XOQ) kibersport bo‘yicha Olimpiada o‘tkazish tashabbusini ma’qulladi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot markazi.

Bu haqdagi qaror 2024-yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlari poytaxti Parijda qabul qilindi. XOQ rahbari Tomas Bax xalqaro kompyuter o‘yinlari yaratilishini yangi davrning boshlanishi deb atadi.

Birinchi turnir kelasi yili Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadi. XOQ Ar-Riyod bilan 12 yilga tegishli shartnoma tuzdi.

Tashkilot allaqachon ishtirokchilarni tanlash jarayoni ustida ish boshlagan. Olimpiadada Street Fighter va Rocket League kabi o‘yinlar namoyish etilishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston kibersport bo‘yicha jahon chempionati bosqichlarini o‘tkazishni rejalashtirayotgani haqida e’lon qilgan edi.