Oʻzbekiston futbol jamoasi Ispaniyaga yutqazdi

eʼlon qilindi
Hisob 2:1
Rasm: O‘FA

Bugun, 24-iyul kuni Parijdagi Olimpiya o’yinlari doirasida futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Ispaniyaga qarshi bahs olib bordi.

1-taymning 29-daqiqasida Ispaniya futbolchisi Mark Pibul darvozamizni ishg‘ol qildi va jamoasini oldinga chiqardi. 1- taymga qo‘shib berilgan daqiqalarda Eldor Shomurodov hisobni tenglashtirdi va 1-taym 1:1 hisobi bilan yakunlandi.

2-taymning 61-daqiqasida darvozamizga penalti belgilandi, biroq terma jamoa darvozaboni Abduvohid Ne’matov zarbani qaytardi. 63-daqiqada Serxio Gomes hisobni Ispaniya foydasiga o‘zgartirdi. Jamoamiz yaxshi o‘yin ko‘rsatdi, biroq hisob o‘zgarmadi – 2:1.

Avvalroq «Kursiv» futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Yangi Zelandiya ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan edi.

Shuningdek