Oʻzbekistonda olti oy ichida 300 ga yaqin brakonyerlar jarimaga tortildi

eʼlon qilindi
2023-yilda esa 995 nafar shaxsga nisbatan choralar ko‘rilgan
Foto: Ekologiya vazirligi

Oʻzbekistonda joriy yilning birinchi yarim yilligida noqonuniy ov bilan shugʻullangan qariyb 300 nafar shaxs aniqlangan. Bu haqda Ekologiya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-yilning I va II choraklarida ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bogʻliq 287 ta holatda 298 nafar shaxsga nisbatan 957 mln soʻmlik jarima belgilangan.

2023-yilda esa nazorat tadbirlarida respublika boʻyicha ov qilish va baliq ovlash qoidalarini buzish bilan bogʻliq jami 997 ta holat aniqlangan va 995 nafar shaxsga nisbatan 1,7 mlrd soʻmlik choralar koʻrilgan.

Ma’lumot uchun, 28-fevraldan yurtimizda «Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq ov qilish muddati yakunlangan. Taqiq 15-avgustgacha davom etadi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda brakonyerlik uchun jazo kuchaytirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek