O‘zbekiston madaniy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘ldi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Respublika tarixiy obidalarni saqlashning eng yangi usullaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi
                    
                            
Oʻzbekiston Madaniy yodgorliklarni saqlash va restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot markaziga (ICCROM) a’zo boʻldi, deb xabar qildi OʻzR Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamgʻarmasi.
O‘zbekistonning mazkur tashkilotga a’zo bo‘lishi tarixiy meros obyektlarini saqlashning eng yangi usullaridan foydalanish imkonini beradi. Respublika xalqaro loyihalarda ham ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.
ICCROM 1959-yilda yaratilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Rimda joylashgan. Restavratsiya, mutaxassislar tayyorlash va bu borada hamkorlik qilish markaz faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari hisoblanadi.
Avvalroq «Kursiv» Buxorodagi tarixiy obidalarni restavratsiya qilish jarayonida 3,3 mlrd so‘m o‘g‘irlangani haqida e’lon qilgan edi.
