O‘zbekiston Markaziy banki 25-iyul kuni asosiy stavka bo‘yicha qaror qabul qiladi
Ertaga Markaziy bank asosiy stavka bo‘yicha qarorni qabul qiladi. Bu yil regulyator beshinchi marta bu masala bo’yicha yig‘ilish o‘tkazadi.
Oxirgi marta 13-iyun kungi yigʻilishda asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida oʻzgarishsiz qoldirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Bu haqda «Kursiv» batafsil xabar qoldirgan.
Asosiy stavkaning o’zgarishi
Markaziy bank asosiy stavkasi iqtisodiy va moliyaviy siyosatda juda muhim o‘rin tutadi. Asosiy stavka tijorat banklari o‘rtasidagi pul bozoridagi foiz stavkalari, MB bank tizimiga likvidlik berishda ham muhim.
Markaziy bank boshqaruvi yig‘ilishida mavjud barcha vaziyatni tahlil qilib, so‘ng asosiy stavkani belgilab beradi. Odatda, inflyatsiya ko’tariladigan bo‘lsa, Markaziy bank ham stavkani oshiradi. Agar inflyatsiya darajasi pasaysa, bunda Markaziy bank asosiy stavkani tushiradi.
Agar inflyatsiya jadallik bilan oshib borsa, Markaziy bank ham asosiy stavkani oshirsa, banklarning depozitlar va kreditlar bo’yicha foiz stavkasi ham yuqorilaydi. Bu banklar o‘rtasidagi, shuningdek pul bozoridagi mablag’larni jalb etish bilan bog’liq xarajatlarni ortishiga sabab bo‘ladi.
Inflyatsiya va asosiy stavkaning pasayishi banklararo pul bozorida pul mablag’larini jalb etish arzonlashishiga, arzonlashish past foiz stavkalarda kreditlar ajratish orqali tadbirkorlar va aholi uchun moliyaviy manbalarning maqbullashishiga omil bo‘ladi.
O‘zbekistonda 2023-yilning 17 mart sanasidan buyon asosiy stavka 14% da turibdi.