O‘zbekistonda qurilish ishlari hajmi 10 foizga oshdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
                    
                            
2024-yilning yanvar – iyun oylarida O‘zbekistonda amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 79,8 trln so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 10,1 foizga ko‘pdir, deya xabar bermoqda Statistika agentligi matbuot xizmati.
Yuqori ko‘rsatkichlar poytaxtda – 19,3 trln so‘m, Toshkent va Buxoro viloyatlarida mos ravishda 8 trln va 5,8 trln so‘mni tashkil etdi.
1-iyul holatiga ko‘ra, respublikada qurilish xizmatlari ko‘rsatuvchi 2 mingga yaqin korxonalar ochildi. Mamlakatimizda jami 30 mingdan ortiq qurilish korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Marg‘ilonda «Yangi O‘zbekiston» turarjoy massivi qurilishi haqida e’lon qilgan edi. Bu tashabbus joriy yilning iyul oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan edi.
