25-iyul, payshanba kuni ertalabki holatiga koʻra, kumush narxi jahon bozorlarida soʻnggi 24 soat ichida qariyb 3,5 foizga tushib, bir unsiya uchun $27,9 tashkil qildi, deb xabar bermoqda Trading economics portali.
Bir kun oldin qimmatbaho metall narxi ketma-ket ikkinchi sessiyada koʻtarildi, bu esa investorlarning Qoʻshma Shtatlardagi iqtisodiyot holati toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlarning eʼlon qilinishi bilan bogʻliq kutishlari sabab boʻldi.
Oltin narxi ham asta-sekinlik bilan pasaymoqda. Payshanba kuni ertalab bu qimmatbaho metallning bir unsiyasi taxminan $2,4 mingga tushdi, uning narxi kun davomida 1 foizga pasaydi.
Qimmatli qogʻozlar bozorlaridagi vaziyatga kelsak, Tesla (-12,16 foiz), Nvidia (-5,71 foiz), Meta (-5,61 foiz) va Intel (-3,71 foiz) aksiyalari pasaygan.
Avvalroq «Kursiv» 23-iyul kuni bozorlardagi vaziyat haqida yozgan edi.