O‘zbekistonda qancha ishlovchi pensioner bor
2024-yil 25-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 584 ming nafardan ortiq pensionerlar mehnat faoliyatini davom ettirmoqda, deb xabar berdi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi.
Vazirlik ma’lumotlariga koʻra, 339 ming nafardan ortigʻi xususiy korxonalarda, 245,1 ming nafari davlat sektorida ishlashmoqda. Mehnatni davom ettirayotgan pensionerlarning 60 foizini ayollar tashkil etadi.
Ish bilan ta’minlangan pensionerlarning asosiy ulushi Toshkent shahriga toʻgʻri keladi – 99 ming kishi. Keyingi o‘rinlarda Toshkent va Samarqand viloyatlari – mos ravishda 54,7 ming va 50,5 ming.
2024-yil iyun holatiga ko‘ra mamlakatda 4 million kishi pensiya oladi.
Avvalroq «Kursiv» joriy yilning may oyidan boshlab O‘zbekistonda eng kam pensiya miqdori oshirilgani haqida yozgan edi.