O‘zbekistonda qaysi sohalarda eng yuqori va qaysilarida eng past maoshlar
O‘zbekistonda nominal hisoblangan ish haqi salkam 5,1 million so‘mga yetdi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.
2024-yil yanvar – iyun oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqining eng baland ko‘rsatkichi moliya sektoriga to‘g‘ri keladi. Banklar, sug‘urta, lizing, kredit tashkilotlari xodimlarining o‘rtacha oylik ish haqi 14,4 million so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, axborot va aloqa sohasi 12,4 mln so‘mni, tashish va saqlash sohasi 7,7 mln so‘mni va sanoat sohasi 6,2 mln so‘mni tashkil etib, o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan yuqori ko‘rsatkichni tashkil qildi.
Ta’lim (3,5 mln) hamda sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish (3,3 mln so‘m) sohalari esa boshqa sohalarga nisbatan eng quyi pog‘onalarda ekanini ko‘rishimiz mumkin.
Avvalroq «Kursiv» respublikada xitoy tilini biladigan mutaxassislarga talab katta ekanini yozgan edi. Bunday mutaxassislarning maoshi 20 million so‘m va undan ham ko‘proqqa yetishi mumkin.