O‘zbekistonda sement ishlab chiqarish 37 foizga oshdi

eʼlon qilindi
7,7 million tonnagacha
Foto: Piqsels

2024-yilning birinchi yarmida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 7,7 mln tonna sement ishlab chiqarildi, bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,7 foizga ko‘pdir, deya xabar berdi Statistika agentligi.

Iyun oyida yirik korxonalar 1,5 mln tonna sement ishlab chiqardi.

Joriy yilning iyul oyi boshida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatida o‘nta sement zavodi quvvatining uchdan bir qismi bilan ishlayotganini aytgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatida sement ishlab chiqaruvchi zavod qurilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek