O‘zbekistonda so‘nggi yillarda qancha ayol zo‘ravonlikka uchradi

eʼlon qilindi
Bosh prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra
Rasm: Depositphotos.com

O‘zbekistonda 2022-yildan 2024-yil boshigacha bo‘lgan davrda tazyiq va zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan ayollar soni 1,8 ming nafarni tashkil etdi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Shu vaqt ichida prokuratura tomonidan jabrlanuvchilarga huquqbuzarlar tomonidan yetkazilgan ma’naviy zarar uchun 3,8 mlrd so‘m miqdorida tovon undirilishiga erishildi. Sudga jami 74 ta da’vo arizasi kiritildi.

Avvalroq «Kursiv» iyun oyi boshidan «Inson» ijtimoiy xizmat ko‘rsatish markazlari tazyiq va zo‘ravonlik qurbonlariga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatayotgani haqida e’lon qilgan edi.

Shuningdek