O‘zbekistonlik kamonchi pley-off bosqichiga chiqdi

eʼlon qilindi
649 ochko yig‘ib pley-offga yo‘llanma oldi
Rasm: MOQ

Parijda bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlarining kamondan otish sport turida vatandoshimiz Ziyodaxon Abdusattorova 1-bosqichda 649 ochko yig‘ib pley-offga yo‘llanma oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar beradi.

Sportchimiz 31-iyul kuni 1/32 final bosqichida chexiyalik kamonchi Marie Xorachkovaga qarshi bahs olib boradi.

Eslatib o‘tamiz, kamondan otish bo‘yicha erkaklar orasida Amirxon Sodiqov ishtirok etadi.

Avvalroq «Kursiv» «Parij – 2024» yozgi Olimpiya o‘yinlarida yutgan sportchi qancha pul olishini e’lon qilgan edi.

Shuningdek