Shavkat Mirziyoyevning yangi kitobi chop etildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
U 6 bobdan iborat
Foto: Uza.uz

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining «Hozirgi zamon va yangi O‘zbekiston» nomli yangi kitobi nashrdan chiqdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Kitob «O‘zbekiston» nashriyotida chop etilgan bo‘lib, umumiy 6 bobdan iborat.

Ilk bob «Insoniyat tanlagan barqaror rivojlanish yo‘li» deb nomlangan bo‘lib, unda ayni zamonning asosiy xavf-xatarlari haqida so‘z boradi.

Ikkinchi bob «Yangi O‘zbekiston – ijtimoiy davlat» deb nom olgan hamda mamlakatimiz bo‘ylab ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlarni o‘z ichiga oladi.

Uchinchi bob nomi «Yangi O‘zbekiston: barqaror iqtisodiy taraqqiyot» bo‘lib, unda asosan barqaror iqtisodiy taraqqiyot yo‘lida qilinayotgan ishlar eslatib o‘tiladi.

To‘rtinchi bob esa «Sayyoramiz va Yangi O‘zbekiston ekologik tahdidlar qarshisida» nomini olgan. Ushbu bobda iqlim inqirozi, ekologik muammolar, ifloslanish darajasining ortishi va tabiiy resurslar taqchillashuvi kabi dolzarb mavzularga diqqat qaratiladi.

Beshinchisi bob «Xalq xizmatidagi davlat – el-yurt uchun ulug‘ saodat» deb nomlangan. Bob mamlakatimizdagi sud-huquq tizimi va uni takomillashtirishga qaratilgan islohotlarga bag‘ishlangan.

Oltinchi bob «Yangi O‘zbekiston – xavfsiz va tinchliksevar davlat» deb nomlangan. Mazkur bob O‘zbekistonning hozirgi ijtimoiy-siyosiy qiyofasi, xalqaro hamkorliklar va migrantlar masalalarini o‘z ichiga olgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyevning tavallud ayyomiga bag‘ishlangan xabar qoldirgan edik.

Shuningdek