Tadbirkor ayollar uchun Moliya kodeksi joriy etiladi
Markaziy bank va Oliy Majlisi Senati huzuridagi Gender tenglikni ta’minlash masalalari boʻyicha milliy komissiyasi hamkorligida tadbirkor ayollarning Moliya kodeksi taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda MB xabar berdi.
Taqdimoti bo‘lib o‘tgan Moliya kodeksi loyihasi 2023-yil oktyabrda Jahon banki va XVJning Marokashda o‘tkazilgan yillik majlisida ishga tushgan. Kodeks jami 26 mamlakatda sinovdan o‘tkazilmoqda.
WE Moliyaviy kodeksini joriy etish borasida milliy koalitsiyani ishga tushirishda platforma sifatida ahamiyat kasb etadi.
Shuingdek, ushbu kodeks ayol-qizlarning moliyaviy, ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi o‘rnini mustahkamlashini, mamlakat taraqqiyotida ayollarning rolini naqadar muhim ekanligini isbotlashini aytdi Tadbirkor ayollar moliya tashabbusi kotibiyati rahbari Vendi Teleki.
«Loyiha gender boʻyicha ajratilgan maʼlumotlarni toʻplash, moliya institutlarida ayollar yetakchiligini ragʻbatlantirish va tadbirkor ayollarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha innovatsion chora-tadbirlarni joriy etish muhimligini taʼkidlaydi», – deya qoʻshimcha qildi OTBning Oʻzbekistondagi doimiy vakolatxonasi mamlakat operatsiyalari rahbari Mirzo Iskandar Gulamov.
Tadbirkor ayollarning moliya kodeksi va unda qanday ishtirok etish haqida batafsil maʼlumotni rasmiy We-Fi veb-saytida topishingiz mumkin: https://we-fi.org/we-finance-code/.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq OTB homilador ayollarga xizmat ko‘rsatishni yaxshilash uchun O‘zbekistonga $100 mln qarz ajratishini ma’lum qilgan edik.