Yangiliklar

Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobuslar qatnovi ko‘payadi

25-iyuldan boshlab
Rasm: O‘zR Transport vazirligi

25-iyuldan boshlab Toshkent – ​​Chorvoq avtobus yoʻnalishi boʻyicha qatnovlar soni koʻpaytirildi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Avtobuslar «Mashinasozlar» metro bekatidan soat 8:00, 09:00, 11:00 va 16:30 da jo‘naydi.

Chorvoqdan (Xumson) qaytish 6:00, 16:00, 18:00 va 19:00ga belgilangan. Yo‘l haqi 20 ming so‘m.

Avvalroq «Kursiv» 1-dekabrga qadar O‘zbekistonda barcha transport turlari uchun chiptalarni xarid qilish uchun onlayn platforma ishga tushirilishi e’lon qilgan edi.