Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro huquq tartibot idoralariga murojaat qilib, plastik kartasidan 10,3 mln soʻm miqdoridagi pul nomaʼlum shaxs tomonidan oʻgʻirlanganini maʼlum qilgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.
Markaz xodimlari tomonidan oʻtkazilgan qidiruv tadbirlarida, mazkur jinoyatni Toshkent istiqomat qiluvchi 19 yoshli fuqaro sodir etgani maʼlum boʻldi.
Maʼlum qilinishicha, fuqaro ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga Telegram messenjeri orqali turli xil mazmunidagi havolalarni joʻnatgan va plastik karta maʼlumotlarini qoʻlga kiritish orqali bank kartalarida saqlangan pullarni oʻgʻirlagan.
Hozirda holat boʻyicha Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoiy ishi qoʻzgʻatildi.
Avvalroq «Kursiv» Markaziy bank firibgarlikning yangi turidan ogohlantirgani haqida xabar bergan edi.