UzAuto Motors Onix va Tracker uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlar eʼlon qildi

eʼlon qilindi
Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi
Foto: Roman Fedotov / «Kursiv»

UzAuto Motors Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun chegirma va foizsiz muddatli toʻlovlarning yangi shartlarini eʼlon qiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Chevrolet Onix avtomobili uchun 40 foiz oldindan toʻlovni amalga oshirib, avtosalondan darhol olib ketish mumkin. Qolgan summani esa oyiga 2,9 mln soʻmdan 3 yil davomida toʻlash mumkin.

Chevrolet Tracker uchun boshlangʻich 50 foiz toʻlov bilan xarid qilish mumkin. Qolgan summani oyiga 4,6 mln soʻmdan 2 yil mobaynida boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim qilinmoqda.

Shuningdek, chegirmalar Tracker MY2024 avtomobili uchun ham ochildi. Avtomobillarni 25 million soʻmgacha foyda bilan xarid qilish imkoniyati bor. Faqat bunda 100 foiz oldindan toʻlov qilish kerak boʻladi.

Chegirmalar quyidagicha:

  • Chevrolet Tracker LS — 15 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker LTZ – 20 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker Premier – 25 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker LS PLUS — 5 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker LTZ PLUS — 15 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker Premier PLUS — 20 million soʻm;
  • Chevrolet Tracker Redline — 22 million soʻm.

Shu bilan birga, Chevrolet Onix avtomobiliga 15 million soʻmlik chegirma davom etmoqda.

Eslatib oʻtamiz, aksiyalar 2024-yilning 29-iyul sanasidan 15-sentyabr sanasigacha amal qiladi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda eng koʻp qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek