«Uzbekistan Airways» sof foydasini besh baravardan ko‘proqqa oshirdi

eʼlon qilindi
Olti oy davomida kompaniya 269 milliard so‘m foyda ko‘rdi
Foto: BoneKot / www.depositphotos.com

«Uzbekistan Airways»ning 2024-yil II chorak yakunlari bo‘yicha sof foydasi ma’lum qilindi. AJ hisoboti Davlat aktivlarini boshqarish agentligi saytida e’lon qilingan.

Unga ko‘ra, kompaniya joriy yil II chorakda 269 mlrd so‘mlik foyda ko‘rgan. Bu 2023-yildagi mos davriga qaraganda 49,7 mlrd so‘m, ya’ni 440,8% ga yuqori degani.

Xarajatlarga kelsak, ko‘rsatkich 1,2 trlndan 552,4 mlrd so‘mgacha kamaygan.

Shuningdek, «UzAirways»dagi taqsimlanmagan foyda 118,2 mlrd so‘mda qayd etilgan. 2023-yilning II choragida qoplanmagan zarar 149,9 mlrd so‘mni tashkil qilgandi. Yillik hisobda uzoq muddatli bank kreditlari esa 8 trlndan 7,1 trln so‘m miqdorga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Zomin aeroportida amalga oshirilgan ilk xalqaro reys haqida xabar bergan edik.

Shuningdek