Xiaomi elektr sport avtomobili bozorga 2025-yilda chiqadi
eʼlon qilindi
SU7 Ultra prototipi iyul oyi o‘rtalarida taqdim etilgan edi
Xitoy texnologiya giganti Xiaomi kompaniyasining SU7 Ultra sport elektromobil modeli 2025-yilning birinchi yarmida sotuvga chiqariladi, dedi kompaniya bosh direktori Ley Jun. Bu ma’`lumotni Car News China portali keltirmoqda.
Xiaomi o’tgan juma kuni ushbu elektromobilning prototipini taqdim etdi.
SU7 Ultra modeli o‘tgan yilgi SU7 elektrokari bazasida yig‘ilgan. Avtomobil umumiy quvvati 1548 ot kuchigacha bo’lgan uchta dvigatel bilan jihozlangan. Elektromobil 100 km/soat tezlikka 1,97 soniyada erisha oladi.
SU7 Ultra narxi hozircha noma’lum.
Avvalroq «Kursiv» Xitoyda Xiaomi elektromobillarining chiqarilishi uning bozor qiymatini $7,6 mlrdga oshirganini e’lon qilgan edi.