YaIM oʻsishi avvalgi prognozlarga nisbatan 0,5 foizga yaxshilandi – Markaziy bank raisi
eʼlon qilindi
Joriy yil oxiriga qadar esa 5,7–6,2 foizga yaxshilanishi kutilmoqda
Oʻzbekistonda YaIM oʻsishi avvalgi prognozlarga nisbatan 0,5 foizga yaxshilandi. Bu haqda Markaziy bank boshqaruvi raisi Mamarizo Nurmuratov ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, bunga iqtisodiyotda investitsion faollikning davom etishi va ishlab chiqarish hajmining ortishi sabab boʻlgan. Joriy yil oxiriga qadar esa 5,7–6,2 foizga yaxshilanishi kutilmoqda.
Shuningdek, bazaviy inflyatsiyaning sezilarli pasayishi oziq-ovqat mahsulotlari va energiya tariflari oshirilishining ikkilamchi ta’sirlari hisobiga aprel oyidagiga nisbatdan biroz pasaydi. Yil yakuniga qadar esa 9 foiz atrofida shakllanishi kutilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Markaziy banki asosiy stavkasini 13,5 foizga pasaytirgani haqida xabar bergan edi.