26-iyul kuni O‘zbekiston bo‘ylab 45 darajagacha jazirama issiq havo kuzatiladi
eʼlon qilindi
Sel kelishi xavfi bor
Bugun, 26-iyul kuni respublikada quruq va issiq ob-havo bo‘ladi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo harorati 45 darajagacha issiq bo‘ladi. Respublikaning janubiy hududlarida kuchli shamol tufayli chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar beradi.
Toshkent shahrida havo o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin, biroq yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi, kechasi esa 24-26 issiq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq bo‘ladi. Ayrim hududlarda sel kelishi xavfi bor. Havo harorati kunduzi 32-35 daraja issiq va kechasi 14-19 daraja iliq bo‘ladi.