ADM Jizzakh elektromobillar uchun bojlarni qaytarishni taklif etdi
ADM Jizzakh avtomobil zavodi bosh direktori Doniyor Davletyarov elektromobillar uchun bojxona toʻlovlarini qaytarish va avtomobillarni olib kirishda sertifikatlashtirishni joriy etishni taklif qildi.
Bu haqda u 26-iyul kuni avtomobilsozlik va elektrotexnika sanoati tadbirkorlari bilan ochiq muloqotda shu taklifni berdi.
«Bozor haddan tashqari toʻyingan va qizib ketgan, hozirgi vaqtda jismoniy shaxslar uchun amalga oshirilayotgan va sertifikatlangan tayyor avtomobillarni olib kirishni tartibga solish zarur. Talablar butunlay boshqacha», deydi u.
Davletyarovning ta’kidlashicha, Oʻzbekistonda avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona Yevropa standartining 60 dan ortiq talablariga javob berishi kerak. Shunda import qilingan avtomobillar sertifikatlashdan oʻtmaydi.
«Bugungi kunda Oʻzbekistonda “toza» elektromobil ishlab chiqarishga asos yoʻq”, deya izoh berdi Davletyarov vaziyatga.
ADM Jizzahk ma’lumotlariga koʻra, 2023-yilda Oʻzbekistonga 50 mingdan ortiq, boshqa manbalarga koʻra esa 80 mingtadan ortiq elektromobil import qilingan.
Avvalroq «Kursiv» Sirdaryoda Hyundai avtomobillarini ishlab chiqarish boshlangani haqida xabar bergan edi.