Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi: Issiqlikdan vafot etayotgan keksalar soni 85 foizga oshdi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Yangiliklar muharriri
Oxirgi 20-yil ichida
Rasm: HayDmitriy / depositphotos.com

Oxirgi 20-yil ichida 65 va undan katta yoshdagi odamlar o‘rtasida anomal issiqlik tufayli vafot etganlar soni 85 foizga oshdi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish.

«Jazirama issiqlik dunyoning har bir burchagiga ta’sir qilmoqda, ammo hammaga bir xil emas. Eng ko‘p jabr ko‘rganlar shahardagi kambag‘allar, homilador ayollar, nogironlar va qariyalar», dedi Guterrish.

Haddan tashqari issiq o‘lkalarda yashovchi kambag‘al aholi soni 100 yilga kelib 700 foizga oshishi mumkin, dedi u.

«Haddan tashqari issiqlik tengsizlikni kuchaytiradi, oziq-ovqat taqchilligini kuchaytiradi va odamlarni qashshoqlikka olib keladi», dedi BMT rahbari.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yakshanba, 21-iyul tarixidagi eng issiq kun bo‘ldi. Yer yuzasida havoning o’rtacha harorati 17,09 ° S ga yetdi.

Shuningdek