Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi mutaxassislari Rossiyaning Obninsk shahrida malaka oshirishadi
Rossiyaning Kaluga viloyati Oʻzbekistonga Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi uchun mutaxassislarni tayyorlashga yordam beradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
Bir kun avval O‘zbekiston Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliyev va Kaluga viloyati gubernatori Vladislav Shapsha o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
«Hokim Shapshaga loyihani (AES – Tahrir) amalga oshirishda kadrlar tayyorlash, xavfsizlik va infratuzilmani yaratishda yordam so‘rab murojaat qildi», — deyiladi agentlik xabarida.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston delegatsiyasi Rossiyaning yadro markazlaridan biri hisoblangan Obninsk shahriga tashrif buyurdi. U yerda Yadro va turdosh texnologiyalar bo‘yicha xalqaro ilmiy-ta’lim markazi faoliyat yuritib, soha mutaxassislari tayyorlanadi.
OAV xabariga koʻra, Jizzax viloyatida kichik atom elektr stansiyasi infratuzilmasini yaratish boʻyicha ishlar shu yilning kuzida boshlanadi.
Avvalroq «Kursiv» Jizzaxdagi kichik atom elektr stansiyasi ishchilari qayerda yashashini e’lon qilgan edi.