O‘zbekistonlik kuryer yigit Moskvada bola o‘g‘risiga qarshilik qildi – video

eʼlon qilindi
U 23 yoshda
Foto: 360TV.RU

O‘zbekistonlik kuryer Muhammadjon Obidov Moskvada noma’lum shaxs o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda 360 TV xabar berdi.

Unga ko‘ra, Muhammadjonning kuryer bo‘lib ishlayotganiga bir yildan oshdi. O‘sha kuni, 24-iyulda yigit odatdagidek buyurtmalarni yetkazib berayotgan bo‘lgan. Bolalar maydonchalaridan birining yonidan o‘tib ketayotib, qo‘lida bolasini ushlab olgan ayolga yugurib tashlangan erkakka ko‘zi tushadi.

Video: 360TV.RU

Bola o‘g‘risi bolani ushlab yugurgan, buni ko‘rgan kuryer uning orqasidan quvlagan. Shaxsi noma’lum o‘g‘ri bolani yerga uloqtirgan. Kuryer unga tashlangan va do‘pposlagan.

Uning ta’kidlashicha, u yaxshi jismoniy tayyorgarlikka ega, ilgari bir nechta sport turi bilan shug‘ullangani ushbu vaziyatda qo‘l kelgan.

“Men qandaydir yordam bermoqchi, nimadir qilmoqchi bo‘ldim. Asli O‘zbekistondanman, 23 yoshdaman. Onam politsiyachi bo‘lishimni xohlagan. Ammo bunday bo‘lmadi. Shunday bo‘lsa ham insonlarga foydam tegayotganidan xursandman. Agar qo‘lingdan kelsa, odamlarga yordam berishingiz kerak», deya ta’kidladi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston va Rossiya viloyatlari sanoat va turizm sohalarida hamkorlik qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek