Sirdaryoda «Hyundai» avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi

Sirdaryo viloyatida dunyoga mashhur «Hyundai» kompaniyasining avtomobillarini ishlab chiqarish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda viloyatda joylashgan zavodda Elantra, Tucson, Sonata, Santa Fe, Palisade va Staria rusumli avtomobillar ishlab chiqarilmoqda.

Qayd etish kerakki, mamlakatda soʻnggi yillarda avtomobilsozlik jadal sur’atlarda rivojlanmoqda. Kia, Chery, BYD kabi mashhur dunyo brendlarining shu yerda ishlab chiqarilayotgani bunga yaqqol misol boʻla oladi.

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2024-yilning yanvar – iyun oylarida 190 786 dona yengil avtomobillar ishlab chiqarildi.

Avvalroq «Kursiv» Britaniya avtomobil brendi Oʻzbekiston bozoriga kirib kelayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek