Toshkentda ilk marotaba “Tamerlano” operasi namoyish etiladi
2024-yilning 2 va 3-oktabr kunlari Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik Katta teatri sahnasida O‘zbekiston madaniyati va san’atini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan Stefano Poda rejissyorligidagi «Tamerlano» operasi namoyish etiladi.
Premyera Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasi doirasida bo‘lib o‘tadi.
Georg Fridrih Gendel musiqasi Kirill Rixter tomonidan zamonaviy talqinda Alibek Kabdurahmanov boshchiligidagi milliy O‘zbekiston milliy simfonik orkestri ijrosida yangraydi.
Gendelning eng buyuk asarlaridan biri hisoblangan «Tamerlano» kompozitor tomonidan 1724-yilning iyulida 20 kun ichida yaratilgan. 2024-yilda ushbu opera o‘zining 300 yoshini nishonlaydi.
«Tamerlano» operasida milliy cholg‘u asboblar ham jaranglaydi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston madaniy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lganini e’lon qilgan edi.