Yaponiya teleshousi O’zbekiston haqida maxsus ko’rsatuvlar tayyorladi
Mashhur yapon Asada teleshousida! «Namadesu tabi sarada» O‘zbekistonga bag‘ishlangan maxsus sonlarini ko‘rsatdi, deb xabar berdi «Dunyo» axborot agentligi.
Ularni yaratishda O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasi yordam berdi. Maxsus sonlar Samarqand va Buxoro meʼmoriy yodgorliklari va Toshkentning turizm salohiyatiga bagʻishlangan.
Avgust oyida dasturning Xorazm va Farg‘ona viloyatlariga bag‘ishlangan ikkita maxsus ko‘rsatuvi namoyish etilishi rejalashtirilgan.
«Dunyo» nashrining yozishicha, O‘zbekiston haqidagi epizodlar efirga uzatilgach, Yaponiyaning X segmentida xabarlar soni sezilarli darajada ko‘paygan.
Asada! Namadesu tabi sarada 1993-yildan beri Asahi telekanalida efirga uzatiladi. Teleko‘rsatuvda ichki va tashqi turizm haqida so‘z boradi.