Yangiliklar

Hafta davomida dollar kursi biroz pasaydi

Hafta davomida valyuta kursi 1 foizdan kamroqqa pasaydi
Foto: Foto-RaBe / Pixabay

Hafta davomida AQSH dollarining soʻmiga nisbatan kursi biroz oʻzgardi. Buni Oʻzbekiston Respublika valyuta birjasi (OʻzRVB) taqdim qilgan ma’lumotdan ham ko‘rish mumkin.

Oʻtgan hafta juma kuni Amerika valyutasining oʻrtacha kursi 12 610,04 soʻmni tashkil qilgan edi. Joriy hafta oxiriga kelib dollar kursi esa 12 599,83 soʻmga pasaydi.

Dollar kursining ushbu davrdagi maksimal qiymati 25 iyulda (12 634), minimal qiymati esa 23 iyulda (12 584,28) qayd etilgan. Umuman olganda, hafta davomida valyuta kursi 1 foizdan kamroqqa pasaydi

O‘zRVBda dollar kursining o‘zgarishi

Manba: O‘zRVB

Avvalroq Oʻzbekiston Markaziy banki joriy yilning ikkinchi choragida iqtisodiyotga turli kanallar orqali valyuta oqimi sezilarli darajada oshgani haqida xabar bergan edi. Bu soʻm kursining barqarorlashishiga ijobiy ta’sir koʻrsatdi. Masalan, olti oy ichida pul oʻtkazmalari hajmi 25 foizga oshdi.