Olimpiada o‘yinlari doirasida futbol musobaqasidan o‘rin olgan guruh o‘yinlarining 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tmoqda.
Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Misrga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Uchrashuvning 11-daqiqasida misrlik futbolchisi Ahmed Koka himoyachining qoʻpol xatosidan keyin hisobni ochdi. Oʻyinning qolgan vaqtida darvozalarga toʻp kiritilmadi.
Shu tariqa Oʻzbekiston olimpiya terma jamoasi Olimpiadadagi yurishini guruh bosqichida yakunlaydigan boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston birinchi turda Ispaniyaga 1:2 hisobida magʻlub boʻlgan edi.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik dzyudochi va suzuvchilarining 27-iyuldagi natijalari haqida yozgan edi.