Oʻzbekistonliklar doimiy yashash uchun, asosan, qaysi davlatga koʻchib ketayotgani ochiqlandi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Koʻchib ketganlarning asosiy qismi Qozogʻistonga koʻchib ketgan
Foto: happyalex / Depositphotos

Joriy yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekistondan xorijiy davlatlarga koʻchib ketganlar soni 5066 ming kishini tashkil etdi. Bu haqda Statistika agentligining hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, xorijiy mamlakatlarga koʻchib ketganlarning asosiy qismi Qozogʻistonga (4128 nafar) koʻchib ketgan. Shuningdek, Rossiya Federatsiyasiga 760 nafar, Janubiy Koreyaga 37 nafar, Qirgʻiz Respublikasiga 34 nafar, Turkmaniston Respublikasiga 14 nafar va boshqa mamlakatlarga 93 nafar fuqarolar doimiy yashash uchun koʻchib ketgan.

Shu bilan birga, mazkur davrda Oʻzbekistonga xorijiy mamlakatlardan 1 080 kishi doimiy yashash maqsadida koʻchib kelgan. Ularning asosiy qismi Rossiya (390 nafar) va Qozogʻiston (260 nafar) fuqarolari hissasiga toʻgʻri keladi.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yilda Oʻzbekistoning jami 17,3 ming nafar kishi xorijiy davlatlarga turli sabablar bilan koʻchib ketgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek