26-iyul kuni Parijda XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlarining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Xalqaro olimpiya qoʻmitasi (XOQ) matbuot xizmati xabar berdi.
Bu yil Olimpiada oʻyinlarining ochilish marosimi birinchi marta stadionda emas, balki suvda – Sena daryosida oʻtkazildi. An’anaviy paradda 206 davlatdan 10 mingdan ortiq sportchilar ishtirok etdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi toʻrt yillikning eng yirik musobaqasida ilk bor 19 sport turida, 90 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda sportchilarni Olimpiadaga tayyorlash uchun 73 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgani haqida xabar bergan edi.