Yangiliklar

Qancha abituriyent imtihonlardan oʻta olmagani ma’lum boʻldi

Abituriyentlarning 345,9 ming nafari oʻtish ballini to‘play olmagan
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Oʻzbekiston OTMlariga 2024-yilgi kirish imtihonlarida jami 737 351 nafar abituriyent test sinovlarida qatnashdi. Bu oʻtgan yilgiga nisbatan 17 foizga kam, deya Bilimni baholash agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga koʻra, abituriyentning 345,9 ming nafari (46,9 foiz) oʻtish ballining eng quyi chegarasi boʻlgan 56,7 ballni toʻplay olmagan.

Eng yuqori oʻrtacha ballar Buxoro (75,9 ball), Toshkent (74,6) va Fargʻona (69,9) viloyatidan qatnashgan abituriyentlar hissasiga toʻgʻri keladi. Eng past ballni esa Sirdaryo viloyati (62,8 ball) va Qoraqalpogʻistondan (63,3 ball) qatnashgan abituriyentlar qayd etdi.

Avvalroq «Kursiv» xorijga oʻqish uchun ketayotgan oʻzbekistonliklar soni kamaygani haqida xabar bergan edi.