2024/2025-o‘quv yilidan respublikamizdagi barcha OTM larda bakalavriat va magistratura uchun to‘lov-kontrakt shaklida bir yillik ta’lim qiymati 15 % ga oshirildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi ma’lum qildi.
Talabaning bir yillik ta’limi uchun to‘lov summasi u o‘qiyotgan ta’lim shakli va yo‘nalishiga qarab farq qiladi. Misol uchun, pedagogika yo‘nalishida, bakalavriatning kunduzgi ta’lim shaklida, stipendiyasiz tahsil oladigan talaba 2024/2025-o‘quv yili uchun 7,4 mln so‘m to‘laydi. Jahon siyosati yo‘nalishida ikkinchi mutaxassislikka, kunduzgi shaklda o‘qiydigan talaba esa bir yillik ta’lim uchun amalga oshirishiga to‘g‘ri keladi.
Agar talaba stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida tahsil olishni istasa, unda ushbu kontrakt miqdoriga 12 oylik hozirgi stipendiya miqdori ham qo‘shiladi.
Ma’lumot o‘rnida, moliyaviy mustaqil OTM lar to‘lov-kontrakt summasini o‘zlari belgilash huquqiga ega bo‘lib, ushbu jarayon belgilan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
To‘lov-kontrakt miqdorini o‘tgan o‘quv yilidagi summa bilan solishtiradigan bo‘lsak, o‘rtacha 15 % lik narx ko‘tarilishini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, aynan o‘sha yuqoridagi pedagogika yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli talabasi o‘tgan o‘quv yili uchun 6,4 mln so‘m atrofida to‘lagan. Farq yaxlitlanganda 1 mln so‘mni tashkil qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oʻzbekistonda oliy oʻquv yurtlarida tahsil olayotgan xotin-qizlarning ulushi 50 foizga yetgani haqida xabar bergan edik.