Mirzo Ulug‘bek tumanida yong‘in sodir bo‘ldi
eʼlon qilindi
Tuman ma’muriyati favqulodda holat tafsilotlarini oshkor qildi
29-iyulga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida qurigan o‘t yonib ketishi oqibatida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi tuman hokimligi.
Hokimlik xabariga ko‘ra, yong‘in Anaybuloq ko‘chasidagi yopiq hududda sodir bo‘ldi.
«Yong‘in Mirzo Ulug‘bek tumani FVB xodimlari tomonidan o‘chirilgan, oqibatda jabrlangan va zarar ko‘rgan fuqarolar yo‘q», deya aniqlik kiritdi tuman hokimligi matbuot xizmati.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentning Yunusobod tumanidagi yangi binolardan birida yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.