Yangiliklar

Oʻzbekistonda gʻalla yetishtirish qariyb 7 foizga oshdi

Umumiy hisobda 5,8 million tonna g‘alla yetishtirildi
Foto: Unsplash

2024-yilning yanvar – iyun oylarida Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida 5,8 million tonna gʻalla yetishtirildi. Bu yillik 6,6 foiz oʻsishni tashkil etdi, deyiladi Statistika agentligi hisobotida.

Birinchi yarim yil yakunlariga koʻra, fermer xoʻjaliklarida 4,7 million tonna, qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarda 710,5 ming tonna va dehqon xoʻjaliklarida 421,7 ming tonna mahsulot yetishtirildi.

Hududlar kesimida gʻalla yetishtirish boʻyicha Fargʻona viloyati yetakchi – 694,6 ming tonna, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari mos ravishda 680,4 ming va 616,2 ming tonnani tashkil etadi.

Eng past koʻrsatkich Qoraqalpogʻistonda qayd etilgan boʻlib, iyul oyi boshida ishlab chiqarish hajmi 129,9 ming tonnaga yetgan.

Mamlakat tomonidan 2024-yilning birinchi olti oyida gʻalla ekinlari eksporti $164,3 millionni tashkil etdi, bu oʻtgan yildagiga nisbatan 32 foizga kamdir.

Avvalroq «Kursiv» Krasnodar hukumati Oʻzbekistonga donli mahsulotlar urugʻini eksport qilishga tayyorligi haqida xabar bergan edi.