Raqobat qoʻmitasi «Orient Finans bank»ni jarimaga tortdi
eʼlon qilindi
Ruxsat va hujjatlarsiz reklama o‘rnatilgani uchun
Raqobat qoʻmitasi «Orient finans bank» Termiz filialining Surxondaryo viloyati Termiz shahrida oʻrnatilgan tashqi reklamasi yuzasidan murojaatga binoan bankni jarimaga tortdi. Bu haqda qo‘mitaning rasmiy sahifasida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, bank Termiz shahri Hakim At-Termiziy koʻchasidagi bank ofisi oldida oʻrnatilgan tashqi reklamani oʻrnatish huquqini beruvchi birorta hujjat mavjud emasligi aniqlangan. Shuningdek, bu bo‘yicha mahalliy hokimliklar bilan shartnomalar imzolanmagani ham ma’lum bo‘lgan.
Shularni inobatga olib, bir necha qonunlar buzilishi yuzasidan «Orient finans» XATB Termiz filialiga nisbatan ish qoʻzgʻatildi va moliyaviy jarimaga tortildi.
Avvalroq «Kursiv» «AVO Bank»ning jarimaga tortilgani haqida xabar bergan edi.