Yangiliklar

Oʻzbekistonlik bokschi Ruslan Abdullayev chorak finalga yoʻl oldi

Bu haqda milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi

Boks boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a’zosi Ruslan Abdullayev Olimpiada oʻyinlarida chorak finalga yoʻl oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Oʻzbekistonlik bokschi -63,5 kg vazn toifasida ilk jangini meksikalik Migel Ramiresga qarshi oʻtkazdi. Abdullayev raqibini musobaqadan chiqarib yubordi va chorak finalga yoʻl oldi. Endi u 1-avgust kuni yarim final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtariladi.

Oʻzbekistonlik dzyudochilar Shukurjon Aminova va Murodjon Yoʻldoshev ikkinchi bosqichda raqiblariga imkoniyatni boy berishdi.

Shuningdek, suzish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi a‘zosi Ilya Sibirsev uchun ham Olimpiida oʻyinlari nihoyasiga yetdi. U 800 metrga erkin usulda suzish dasturida qatnashib, 7:56.67 daqiqa bilan marraga keldi, lekin bu Sibirsevga final yoʻllanmasi uchun kamlik qildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston Olimpiadada ilk oltin medalni qoʻlga kiritgani haqida xabar bergan edi.