Paynet foydasini 83 foizga oshirdi
eʼlon qilindi
137,2 mlrd so‘mgacha
2024-yilning ikkinchi choragi yakuni bo‘yicha Paynet to‘lov tizimining foydasi 137,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83,3 foizga ko‘pdir. Bu ma’lumot kompaniya moliyaviy hisobotida e’lon qilindi.
Korxonaning sof tushum 504 milliard so‘mdan oshdi. Yil davomida bu ko’rsatkich 55,2 foizga o’sdi.
«Paynet» AJ 2005 yil dekabr oyida tashkil etilgan bo’lib, pul o’tkazmalari va turli xizmatlar uchun to’lovlarga ixtisoslashgan. Kompaniyaning ustav kapitali 10,5 mlrd.
Avvalroq «Kursiv» Humoni xususiylashtirish jarayoni boshlangani haqida yozgan edi.