«Toshshahartransxizmat» AJ Google xarita ilovasiga avtobuslarni integratsiya qilayotgani tufayli tizimda keltirilgan noqulayliklar sababli uzr so‘radi. Bu haqda Toshshahartransxizmat AJ Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2024-yilning fevralida «Toshshahartransxizmat» AJ jamoat transportini boshqarish tizimi – Aqlli Transport Tizimi (IVMS)ga o‘tgan. Mazkur tizimni kuchaytirish uchun qilinayotgan ishlar poytaxtimizdagi aholining avtobuslar harakatini Google xarita ilovasi orqali real vaqtda kuzatish imkoniyatlarini cheklab qo‘ygan.
«Toshshahartransxizmat» AJ ushbu tizimga 1700 ga yaqin avtobuslarning ichki qurilmalaridagi ma’lumotlarini kiritmoqda. Jarayon tugagach yo‘lovchilar IVMSning bor imkoniyatlaridan to‘liq foydalana olishlari mumkin bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, sal oldinroq Toshkent va Chorvoq o‘rtasida avtobuslar qatnovi ko‘payishi haqida xabar bergan edik.