Toshkentda kuchli shamol bo‘lishi kutilmoqda

eʼlon qilindi
Havo +37…+39° gacha isiydi
Foto: Piqsels

29-iyul, dushanba kuni Toshkentda +37…+39° issiq bo‘lishi kutilmoqda, shamol tezligi 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

Oʻzbekiston hududlarida havo harorati +34…+39° gacha bo‘ladi, sinoptiklar mamlakat janubida havo harorati +43° gacha, shimolda +28…+33° gacha koʻtarilishini xabar berdi.

Cho‘l hududlarida shamol 20-23 m / s gacha kuchayishi mumkin («Bofort» bo‘yicha 8-9 ball). Chang-to‘zonlar yuzaga kelishi mumkin.

Togʻli hududlarda havo harorati +27…+32° boʻladi, yogʻingarchilik kuzatilmaydi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda jazirama tufayli poyezdlar tezligiga cheklov kiritilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek