Joriy yilning 26-iyul kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va Janubiy Koreyaning O‘zbekistondagi elchisi o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, muzokaralar mobaynida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Ikki mamlakatlararo mahsulot ayirboshlash hajmini oshirish va biznes tuzilmalari oʻrtasidagi aloqalarni oʻrnatish boʻyicha kelishib olindi.
Shuningdek, Koreyaning Kyongi-do provinsiyasi vakolatxonasining Toshkentda ochilishi ma’lum qilindi. Ushbu vakolatxona berilgan imtiyozlardan to‘liq foydalangan holda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi (EDFC) bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalasi ham muhokama qilindi.
Avvalroq O‘zbekiston va Janubiy Koreya yuqori texnologiyali xab yaratishni rejalashtirayotgani haqida yozgan edik.