Turkiya prezidenti mamlakat Isroilga qo‘shin kiritishi mumkinligini ma’lum qildi

eʼlon qilindi
Bunga javoban Erdo‘g‘on Saddam Husayn bilan solishtirildi
Foto: Anadolu

Turkiya qoʻshinlari Isroil hududiga kirishi mumkin. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻan ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Kommersant».

Erdoʻgʻon Turkiya qoʻshinlarining Liviya va Togʻli Qorabogʻga kirishi bilan bogʻliq vaziyatni solishtirib, xuddi shunday qadam boʻlishi mumkinligini ma’lum qildi. Shuningdek, u buni qilmaslik uchun hech qanday sabab koʻrmayotganini ta’kidladi.

Bunga javoban Isroil Tashqi ishlar vazirligi Erdoʻgʻonning harakatlarini Iroqning sobiq prezidenti Saddam Husayn bilan taqqosladi.

«Erdogʻan Husaynning izidan borib, Isroilga hujum qilish bilan tahdid qilmoqda. Shunchaki, unga u yerda nima boʻlganini va hammasi qanday yakun topganini eslatib qoʻyaylik», deb yozdi Isroil Tashqi ishlar vaziri Israel Kas oʻzining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmogʻidagi sahifasida.

Avvalroq «Kursiv» Isroil bosh vaziri AQSh hukumatini Eronga qarshi ittifoq tuzishga chaqirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek