Yangiliklar

30-iyulda O‘zbekiston bo‘ylab quruq va issiq ob-havo kuzatiladi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari chang-to‘zonlar ko‘tarilishi mumkin
Rasm: eliosdnepr@gmail.com / depositphotos.com

Bugun, 30-iyul kini respublikada quruq va issiq ob-havo kuzatiladi. Janubiy viloyatlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatidan tashqari chang-toʻzonlar koʻtarilishi mumkin. Havo harorati 34-39 daraja issiq boʻladi. Bu haqda «Gidrometeorologiya» xizmati agentligi xabar beradi.

Toshkent shahrida havo bulutli boʻlishi mumkin. Yogʻingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo 38-darajagacha isiydi, kechasi havo 18-23 daraja issiq boʻladi.

Togʻli hududlarda havo oʻzgaruvchan boʻladi, biroq yomgʻir yogʻmaydi. Kunduzi havo 30- darajagacha isishi mumkin, kechasi esa 14-19 daraja iliq ob-havo kuzatiladi.